date

Chelsi yanvardagi asosiy transfer nishonini tanladi


Chelsi yanvar oyidagi transfer oynasi uchun asosiy nishonni belgilab oldi. TEAMtalk xabariga ko'ra, bu futbolchi Angliya terma jamoasi va Kristal Pelas yarim himoyachisi Adam Uorton bo'lib, u ko'k-anorranglilarning asosiy transfer maqsadi sanaladi.

Manbaga ko'ra, 21 yoshli futbolchi Chelsi skautlari e'tiborini o'zining sovuqqonligi, uzoq masofaga aniq uzatma berish qobiliyati va o'yinni chuqurdan boshqarish mahorati bilan jalb qilgan. Klub murabbiylar shtabi Uortonni kelajakda jamoa uchun muhim o'yinchilardan biri sifatida ko'rmoqda.

Shuningdek, transferning ko'proq yozgi davrda amalga oshishi ehtimoli yuqori deb hisoblanmoqda, bu esa har ikki klubga bitimni yaxshiroq tayyorlash imkonini beradi. Uorton joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 15 o'yinda maydonga tushib, bir golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yarim himoyachining Kristal Pelas bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 60 million yevro sifatida baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chelsi yanvardagi asosiy transfer nishonini tanladi