
Madridning "Real" sobiq yarim himoyachisi, Toni Kroos, Anqarada tugʻilgan va hozirda "qirollik klubi"da oʻynayotgan 20 yoshli Arda Gyulerning oʻzining vorisi ekanligini inkor etdi. Uning soʻzlariga koʻra, Gyuler "Real" tarkibida oʻsish imkoniga ega va bunga loyiq, biroq uning oʻyin uslubi Kroosnikidan farq qiladi.
"Men u uchun xursandman, u oʻz oʻyin vaqti orqali oʻsish imkoniga ega boʻlmoqda. U kelajak uchun klubga kerak boʻladigan futbolchi.
Ammo u hujumkorroq yoʻnalishdagi oʻyinchi boʻlib, oʻziga xos xususiyatlarga ega. Shu sababdan men uni oʻz vorisim deb atay olmayman", – dedi Kroos Sport1 nashriga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Arda Gyuler "Real" safida 2023 yildan beri toʻp surmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.