
Rossiya futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Nikolay Pisarev Chili termasiga qarshi Bet Boom o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishi shubha ostida bo‘lgan ikki futbolchini ma’lum qildi. Bu hujumchi Nikolay Komlichenko va himoyachi Ilya Vaxaniya.
"Komlichenko davolanmoqda, u terapiya jarayonida. Unga tanaffus berdik, holatini kuzatib boramiz.
Vaxaniya bilan bog‘liq masalalar ham bor, lekin o‘yin boshlanguniga qadar vaqt yetarli. Ularning tiklanish jarayonini kuzatamiz", — dedi Pisarev "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni Rossiya terma jamoasi o‘z maydonida Peru termasi bilan o‘ynab, durang natija — 1:1 qayd etdi. Ruslar deyarli butun o‘yin davomida hisobda oldinda borishgan, ammo ikkinchi bo‘lim oxirida gol o‘tkazib yuborishdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.