Trent: Xabi Alonso meni chalgʻitdi

Trent: Xabi Alonso meni chalgʻitdi
Madridning "Real" klubi oʻng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoada oʻz holatidan norozi. Angliyalik futbolchi Ispaniyaga koʻchib oʻtgan ilk mavsumida asosiy tarkibda kamdan-kam maydonga tushirilayotgani sababli xavotirda.

El Nacional nashrining xabariga koʻra, futbolchi bosh murabbiy Xabi Alonsoni uni birinchi uchrashuvda "doimiy ravishda asosiy tarkibda boʻlasiz" deb vaʼda berib, chalgʻitganlikda ayblamoqda. "Real" Aleksander-Arnoldni oʻtgan yilning yozida "Liverpul"dan 10 million yevroga sotib olgan edi.

Shundan beri futbolchi barcha musobaqalarda madridliklar safida 12 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar