
Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappening 2026-yilgi jahon chempionati final bosqichiga oldindan yoʻllanma olishdagi muhim hissasini e'tirof etdi. Kecha boʻlib oʻtgan oʻyinda hujumchi Ukraina terma jamoasi darvozasiga ikkita gol kiritdi.
4:0 hisobidagi gʻalaba Fransiya terma jamoasini D guruhida raqiblari uchun yetib boʻlmas darajaga olib chiqdi. "Fransiya terma jamoasi Mbappe tarkibda boʻlganida har doim kuchliroq boʻladi.
Kilian bizning vazifalarimizni bajarishni ancha yengillashtiradi", - dedi Desham UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida. Shuningdek, murabbiy Mbappening hozirda sardorlik bogʻichini taqishga munosib ekanligini ham qoʻshimcha qildi.
Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi toʻrt oʻyinda Mbappe beshta gol kiritdi, ulardan ikkitasi penaltidan amalga oshirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.