date

Al Ain Cup. O‘runov shou qildi, O‘zbekiston finalga yo‘l oldi (video)

Al Ain Cup. O‘runov shou qildi, O‘zbekiston finalga yo‘l oldi (video)

Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan nufuzli Al Ain Cup musobaqasi tobora qiziy bormoqda. Bu yilgi turnirning maxsus ahamiyati shundaki, unda 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llama olgan to‘rtta kuchli terma jamoa — Eron, Kabo-Verde, O‘zbekiston va Misr ishtirok etmoqda. Shu bois har bir bellashuv yuqori darajadagi raqobat va katta mas’uliyat ostida kechmoqda.

Yarimfinalning ikkinchi uchrashuvi esa haqiqiy dramatizm va mahorat namoyishiga aylandi. Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy jamoasi Misrga qarshi juda muhim bahs o‘tkazdi va o‘yinni to‘liq nazorat qilib, 2:0 hisobida munosib g‘alabaga erishdi.

Bellashuvning o‘zi esa juda erta qizib ketdi. Hali 4-daqiqa ham to‘lmay, Oston O‘runov o‘zining o‘tkir driblinglari va shaxsiy mahoratini namoyon etib, raqib himoyachilarini birin-ketin ortda qoldirdi va darvozani aniq nishonga oldi. O‘yinning dastlabki qismidagi ushbu gol jamoaga ishonch, muxlislarga esa katta ruhiy quvvat bag‘ishladi.

Biroq O‘runov shuni bilan to‘xtab qolmadi. Tanaffusga yaqin yana bir hujum markazida paydo bo‘lib, birinchi taym yakunlanishidan oldin hisobni 2:0 qilib uzaytirdi. Shu tariqa, O‘runovning dubli nafaqat o‘yin taqdirini hal qildi, balki o‘zi uchun ham katta miqdorda ishonch bag‘ishlagan o‘yin sifatida tarixda qoldi.

Ikkinchi taymda ham o‘zbekistonliklar qattiq intizom, to‘g‘ri taktika va jamoaviy harakat bilan g‘alabani saqlab qoldi. Kannavaro shogirdlari musobaqa davomida har o‘yinda yangi taktik variantlarni sinovdan o‘tkazayotgani va tarkibda rotatsiya qilayotganiga qaramay, umumiy o‘yin sifati pasaymagani e’tiborga molik.

Endi O‘zbekiston finalda!

18 noyabr kuni hal qiluvchi bahsda raqib — Eron. Bu nafaqat final, balki Osiyodagi ikki kuchli jamoaning o‘ziga xos dastlabki razvedka jangidir. Chunki har ikki terma jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Misr uchun esa kurash tugamadi — ular 3-o‘rin uchun Kabo-Verde bilan maydonga tushadi.

Al Ain Cup. Yarimfinal

O‘zbekiston – Misr 2:0

Gollar: Oston O‘runov (4, 43)

O‘zbekiston tarkibi:

Ne’matov, Alijonov (Sayfiyev, 90), Abdullayev, Aliqulov (Ashurmatov, 90), Husanov, Nasrullayev, G‘aniyev (Mozgovoy, 53), Shukurov (Hamdamov, 69), Hamrobekov, O‘runov (Erkinov, 53), Shomurodov.

Misr tarkibi:

Sobhi, Rabia, Hamdiy, Haniy, Atiyya, Fathӣ, Zizo, Faysal, Saloh, Usmon, Mustafo Muhammad (Mohsen, 68).

O‘runovning jonli o‘yini, Kannavaroning muvaffaqiyatli taktikasi va jamoaning bir yo‘nalishda qo‘yilgan harakatlari — bularning barchasi O‘zbekistonning bu yilgi terma jamoasi yanada kuchayganini ko‘rsatmoqda. Final esa — haqiqiy sinov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al Ain Cup. O‘runov shou qildi, O‘zbekiston finalga yo‘l oldi (video)