
Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi vingeri Timo Verner qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbalarga ko'ra, 29 yoshli futbolchining qishda klubdan ketishi ehtimoli ortib bormoqda. Yanvar oyida Verner, katta o'zgarishlar yuz bermasa, Amerika MLS ligasining bir klubiga yo'l olishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Verner Germaniya chempionatida faqat bir o'yinda maydonga tushib, atigi bir daqiqa o'ynadi. "RB Leyptsig" bilan hujumchining amaldagi shartnomasi kelgusi yozga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 5 million yevroga baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.