
Chelsi hujumchisi Estevao Vilyan jamoasidagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchi o'tgan yoz mavsumida "ko'klar" safiga qo'shilgan edi.
"Chelsidagi debyutim kutganimdan ancha yaxshiroq bo'ldi. Tezda moslashdim va darhol yaxshi o'yin ko'rsata boshladim.
Men nafaqat klub ichida, balki uning tashqarisida ham o'zimni qulay his qilyapman. Bu meni juda baxtli qilyapti," — deydi Estevao Sky Sportsga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda 18 yoshli Estevao jami 16 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini to'rt marta ishg'ol qilgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. 22-noyabr kuni "Chelsi" Angliya chempionatining 12-turida safarda "Byornli"ga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.