
Braziliya terma jamoasi va Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Gabriel dos Santos Senegalga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini jarohat sababli yakunlay olmadi. Uchrashuv "Emirates" stadionida bo‘lib o‘tdi va braziliyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gabriel o‘yinni asosiy tarkibda boshladi, biroq 64-daqiqada almashtirishni so‘radi. Uning o‘rniga maydonga Uesli tushdi.
Sky Sports xabariga ko‘ra, futbolchining erta maydondan chiqib ketishiga mushak jarohati sabab bo‘lgan. Ushbu mavsumda Gabriel Angliya Premer ligasidagi "Arsenal" himoyasining muhim aʼzosi sifatida 11 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.