
Liverpul Bavariya futbolchisi Maykl Oliseni qoʻlga kiritish uchun asosiy daʼvogarlar qatorida qolmoqda. Qizillar fransuz futbolchisini Muhammad Salohga uzoq muddatli muqobil sifatida koʻrmoqda.
Fichajes nashrining xabariga koʻra, Angliya grand klubi Oliseni sotib olish uchun Bavariyani ishontirish maqsadida juda katta mablagʻ ajratishga tayyor. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Maykl Olisening qiymati 130 million yevroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda 23 yoshli vinger Bavariya safida barcha musobaqalarda 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Sobiq Kristal Pelas yulduzining Germaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.