
Manchester Yunayted hujumchisi Brayan Mbeumo jamoasidagi eng yaqin doʻstlari haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Kamerunlik futbolchi joriy yilning yozida Brentforddan Manchester Yunayted klubiga oʻtgan edi.
Transfer qiymati 75 million yevroni tashkil etdi. "Manchester Yunayteddagi eng yaqin doʻstlarim?
Jamoamizdagi barcha futbolchilar bilan yaxshi munosabatdaman, ammo Leni Yoro va Amad Diallo bilan alohida yaqinman", — deydi 26 yoshli hujumchi UtdDistrict nashriga bergan intervyusida. Brayan Mbeumoning hisobida Ruben Amorim boshchiligidagi jamoa safida oʻtkazilgan 12 uchrashuvda 6 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.
Shuningdek, u oʻtgan oy Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.