
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiyaning yordamchisi Klod Fisho Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qozogʻistonga qarshi oʻyindan keyin matbuot anjumanida oʻz fikrlarini bildirdi. Mazkur uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Rudi Garsiya diskvalifikatsiya tufayli matbuot anjumanida ishtirok eta olmadi. "Birinchi boʻlimdan umuman mamnun boʻlmadim.
Ochigʻini aytganda, bunday oʻyinni kutmagandik. Bu safar boshlanish biz uchun juda qiyin boʻldi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri jahon chempionatiga chiqa olmaganimizdan afsusdaman. Hammasi keyingi oʻyinda hal boʻladi", - dedi Fisho nur.kz nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, Fisho raqib darvozaboni Temirlan Anarbekovning oʻyinini yuqori baholadi. Hozirda Belgiya 15 ochko bilan birinchi oʻrinda bormoqda.
Shimoliy Makedoniya va Uels 13 ochkodan toʻplab, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni boʻlishib turibdi. 18-noyabr kuni Belgiya Lixtenshteynni qabul qiladi, Uels esa makedoniyaliklar bilan toʻqnash keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.