APL klubi Real hujumchisi uchun 20 mln yevro taklif qilmoqda

APL klubi Real hujumchisi uchun 20 mln yevro taklif qilmoqda
Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Angliya Premyer-ligasiga yoʻl olishi mumkin. "Aston Villa" klubining 21 yoshli ispaniyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, "Aston Villa" yosh hujumchi uchun 20 million yevro taklif qilishga tayyor. Garsiyaga, shuningdek, Ispaniya La Ligasi va Italiya A Seriyasining bir necha klublari ham qiziqmoqda.

Bundan tashqari, boshqa APL jamoalari ham futbolchini kuzatmoqda. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Gonsalo Garsiyaning bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda u Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa safida barcha musobaqalarda 9 ta oʻyinda qatnashib, 1 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining "Real" bilan tuzgan faol shartnomasi 2030-yilga qadar amal qiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar