
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi yarim himoyachisi Ruben Nevesh faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026-yilning o‘rtalarida yakunlanadi.
Milanning "Inter" klubi bu vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur. Hozircha rasmiy muzokaralar o‘tkazilmagan, ammo yarim himoyachi jamoasini o‘zgartirishga va yana Yevropaning yetakchi chempionatlarida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishga tayyor.
2023-yilning yozida "Al-Hilol" Ruben Neveshni Angliyaning "Vulverhempton" klubidan 55 million yevro evaziga sotib olgan edi. 28 yoshli Portugaliya terma jamoasi o‘yinchisining joriy bozor qiymati Transfermarkt portali maʼlumotlariga ko‘ra, 25 million yevroga baholanmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.