
Rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin "Monako"dan boshqa klubga o'tish haqida fikrlarini bildirdi. "Faqat top-klubga o'tgan bo'lardim.
"Borussiya" va "Nyukasl"dan takliflar bo'lgan, lekin bu jamoalarga o'tishning ma'nosini ko'rmadim", – dedi Golovin "Sovetskiy sport"ga bergan intervyusida. Golovin 2018 yilda Moskvaning CSKA klubidan "Monako"ga o'tgan.
O'shandan beri u 241 ta o'yinda ishtirok etib, 36 ta gol urdi va 40 ta golli uzatma amalga oshirdi. 29 yoshli futbolchining "Monako" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachining qiymati 20 million yevro deb baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.