
Italiyaning sobiq futbolchisi Daniele Adani Italiya terma jamoasining Norvegiya bilan oʻyinidagi omadsizlik haqida fikr bildirdi. Ushbu oʻyinda Italiyaning oʻz uyida toʻrtta gol oʻtkazib yuborgani koʻpchilikni hayratga soldi.
Adani pley-off bosqichi natijalaridan xavotirda emasligini va "Skuadra Azzurra"ni Jahon chempionatida koʻrishiga ishonishini taʼkidladi. Ammo u terma jamoaning jismoniy va taktikasiy holatidan xavotirda ekanligini aytdi.
"Pley-off bosqichi meni xavotirga solmaydi, chunki bu bosqichda biz kuchli terma jamoalar bilan toʻqnash kelmasligimiz kerak. Ammo jamoamiz formasi xavotirli.
Biz juda moʻrtmiz va raqib tomonidan taklif etilgan oʻzgarishlarga javob bera olmayapmiz. Bu Norvegiya bilan oʻyinda yaqqol koʻrinib qoldi", - dedi Adani pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, xuddi shunday vaziyat Yevro-2024 saralashida ham kuzatilgan edi. Italiya terma jamoasi ushbu musobaqaga arang yoʻl olgan va unda muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.