
Olimpiya chempioni va hozirda Davlat Dumasi deputati boʻlgan Svetlana Jurova Moskvaning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpinning lavozimdan ketishi haqidagi fikrlarini bildirdi. 17-noyabrga qadar Karpin Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyligi bilan bir qatorda "Dinamo"ni ham boshqarib kelgan edi.
"Terma jamoada koʻplab futbolchilar bor. Mashgʻulot jarayonini, strategiyani, taktika rejalarini, musobaqalarni va yigʻinlarni puxta oʻylab chiqish kerak.
Xuddi shu vazifalarni klubda ham bajargan boʻlishi lozim. Ikki joyda ishlash juda murakkab va yuklama katta boʻladi," - dedi Jurova "Match TV"ga bergan intervyusida.
Shuningdek, u Karpin klubni tark etib, oʻz eʼtiborini Rossiya terma jamoasiga qaratish uchun bunday qarorga kelgan boʻlishi mumkinligini taʼkidladi. Ayni vaqtda Moskvaning "Dinamo" klubi Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida oʻninchi oʻrinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.