
Xorvatiyalik yarim himoyachi Marselo Brozovich yana Italiya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbalarga ko'ra, "Yuventus" futbolchining transfer imkoniyatlarini kuzatib bormoqda, biroq Brozovichning yiliga 25 million yevro miqdoridagi maoshi jiddiy to'siq bo'lib turibdi. Shuningdek, 33 yoshli futbolchiga "Milan", "Roma" va "Inter" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Brozovich Saudiya Arabistoniga ketishidan oldin aynan "neradzurri" tarkibida o'ynagan edi. Agar yarim himoyachi "Al-Nasr" bilan shartnomasini uzaytirmasa, uning transferi yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin.
Joriy mavsumda Brozovich barcha musobaqalarda jami 13 o'yinda maydonga tushib, bir gol urdi va ikki marta golli uzatma amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.