date

Benzema Xabi Alonso haqida gapirdi

Benzema Xabi Alonso haqida gapirdi
“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema yoz faslidan beri “Real” jamoasini boshqarayotgan Xabi Alonso haqida fikr bildirdi. — Siz “Real”ning kiyinish xonasida Xabi Alonsoga duch kelgansiz.

Oʻsha vaqtda unda kelajakda murabbiy boʻlish salohiyati borligini koʻrganmisiz? — Biz birga oʻynagan davrlarni yaxshi eslayman.

Xabi hozir ham oʻsha-oʻsha, faqat endi u murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. Pressing, vertikal paslar va menga yoqadigan oʻyin uslubi.

U endigina olti oydirki murabbiylik qilmoqda, lekin hozircha hammasi juda yaxshi ketmoqda. Vaqt kerak, — dedi Benzema AS nashriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, “Real” jamoasi Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi oʻrindagi “Barselona”dan uch ochkoga oldinda.

“Real” oʻzining navbatdagi uchrashuvini 23-noyabr kuni safarda “Elche”ga qarshi oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Benzema Xabi Alonso haqida gapirdi