
Mashhur insayder Fabrisio Romano «Chelsi» tomonidan yarim himoyachi Romeo Laviyaning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Avvalroq Laviyani «Manchester Yunayted»ga taklif qilish orqali Alejandro Garnacho transferi bo‘yicha kelishuvga erishish mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Biroq, Romano bu maʼlumotlar haqiqatga mos kelmasligini bildirdi. London klubi Laviyaga katta ishonch bildirmoqda va unda ulkan salohiyatni ko‘rmoqda.
«Chelsi» rahbariyati 21 yoshli belgiyalik futbolchi jismoniy formada bo‘lganida o‘z mahoratini to‘liq namoyish etishiga ishonmoqda. Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, Romeo Laviyaning narxi 35 million yevroni tashkil qiladi.
Alejandro Garnachoning transferi esa London klubiga 45 million yevrodan ko‘proqqa tushgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.