date

Real yana Militao xizmatidan mahrum bo'lishi mumkin


Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Eder Militao Braziliya terma jamoasining Tunisga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. Karlo Anchelotti tomonidan asosiy tarkibda maydonga tushirilgan 27 yoshli futbolchi 60-daqiqada o‘yinni davom ettira olmasligi sabab almashtirildi.

Hozircha uning jarohati qanchalik jiddiy ekani nomaʼlum. Futbolchining holati haqidagi maʼlumotlar o‘yindan so‘ng eʼlon qilinishi kutilmoqda.

So‘nggi yillarda Eder Militao ikki marta to‘g‘riq paylari uzilishi sabab maydondan uzoqlashgan edi. Braziliyalik futbolchi yozda tiklanish jarayonini yakunlab, joriy mavsum boshida "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibiga qaytgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real yana Militao xizmatidan mahrum bo'lishi mumkin