
“Sanderlend” yarim himoyachisi Granit Jaka Angliya Premyer Ligasiga qaytgach, hayratlanarli o‘yin namoyish qilmoqda. Mashhur statistik portal WhoScored 33 yoshli shveytsariyalik futbolchining joriy mavsumdagi o‘yinini 7,37 ball bilan baholadi va uni ligada ikkinchi o‘ringa qo‘ydi.
Reytingning birinchi pog‘onasida “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand (7,90 ball) joylashgan. U 11 o‘yinda 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Uchinchi o‘rinni esa “Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Rays (7,33 ball) egallab turibdi. Top-10 likda shuningdek, Nordi Mukiele (“Sanderlend”), Moyses Kaysedo (“Chelsi”), Gabriel dos Santos (“Arsenal”), Jeremi Doku (“Manchester Siti”), Den Ballard (“Sanderlend”), Muhammad Kudus (“Vest Xem”) va Jek Grilish (“Everton”) kabi futbolchilar ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.