
Angliyaning "Tottenhem" klubi Ispaniyaning "Real Sosedad" jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Takefusa Kuboni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Football Insider xabariga ko'ra, "Tottenhem" yaponiyalik futbolchini allaqachon yanvar oyida transfer qilishga harakat qilishi mumkin.
Basklar klubi esa 24 yoshli futbolchini 60 million yevro evaziga sotishga tayyor ekanini bildirib o'tgan. Avvalroq ma'lum qilinganidek, Kuboning keyingi transfer summasining 50 foizini uning sobiq klubi Madridning "Real" jamoasi oladi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million yevroga baholagan bo'lib, uning "Real Sosedad" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Joriy La Liga mavsumida Takefusa Kubo 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.