date

Arsenal Barselonaning transfer rejasini buzmoqchi


Londonning "Arsenal" jamoasi "Levante" hujumchisi Ettan Eyonni sotib olishga tayyor. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "to'pchilar" futbolchi uchun 40 million yevrolik tovon pulini toʻlashga va uni "Barselona"dan oldin qoʻlga kiritishga qaror qilishgan. Shuningdek, "Arsenal" Eyonni mavsum oxirigacha ijara asosida "Levante" safida qoldirishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda 22 yoshli kamerunlik hujumchi Ispaniya chempionatida 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatma amalga oshirdi. Avvalroq Moskvaning CSKA klubi Eyon uchun 30 million yevro taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal Barselonaning transfer rejasini buzmoqchi