
Sobiq "Manchester Yunayted" va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Andrey Kanchelskis Kurasao jamoasining Jahon chempionatiga chiqishini izohladi. Dik Advokat boshchiligidagi jamoa mazkur musobaqada ishtirok etgan eng kichik davlat sifatida tarixga kirdi.
"Dik Advokat har doim shunday bo‘lgan: u intizomni yo‘lga qo‘yib, jamoani erkin o‘ynashga va uning talablarini bajarishga o‘rgatadi. Natija bor, u yaxshi murabbiy!" - dedi Kanchelskis "Chempionat" nashriga bergan intervyusida.
Advokat Kurasao va Yamayka o‘rtasidagi hal qiluvchi uchrashuvda qatnasha olmadi. Mazkur o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.
Avvalroq xabar qilinishicha, murabbiy oilaviy muammolar tufayli jamoani vaqtincha tark etishga majbur bo‘lgan. Avval Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi, Rossiya terma jamoasi va boshqa bir qator jamoalarni boshqargan Advokat hali ham o‘z lavozimida ishlashda davom etmoqda.
Ammo Kurasao futbol federatsiyasi unga muqobil nomzod qidirayotgani haqida xabarlar mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.