
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya Jahon chempionati saralashining soʻnggi turi doirasida Lixtenshteynga qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. Mazkur bahs 7:0 hisobida yakunlandi.
"Biz xursandmiz, Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdik va Millatlar ligasi A guruhida oʻz oʻrnimizni saqlab qoldik. Ikkala maqsadga ham erishildi", — dedi Garsiya RTBFga bergan intervyusida.
Fransiyalik mutaxassis avvalgi oʻyinda Qozogʻistonga qarshi ochko yoʻqotilganini ham eslatib oʻtdi. "Agar statistikaga diqqat bilan qarasangiz, u Qozogʻiston yoki Shimoliy Makedoniya bilan oʻyinlardagiga qaraganda unchalik yaxshi emas edi, bu bahslarda durang qayd etgandik.
Darvoza tomon zarbalar va aniq zarbalar soni kamroq boʻldi. Biz shunchaki samaraliroq oʻynadik.
Baʼzan natijadan uzoqlashib, oʻyin mazmuniga eʼtibor qaratish kerak", — deya qoʻshimcha qildi u. Belgiya 18 ochko toʻplagan boʻlsa, Uels hisobida 16 ochko, Shimoliy Makedoniya 13 ochko, Qozogʻiston 8 ochko va Lixtenshteyn 0 ochko jamgʻarib, guruhni yakunladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.