
Lids jamoasining darvozaboni Illan Melye ikki italiyalik top-klubning eʼtiborini tortdi. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, 25 yoshli fransuz futbolchi Milan va Inter klublarining qishki transfer rejalari doirasida asosiy nomzodlardan biri sifatida koʻrilmoqda. Ushbu klublar futbolchini oʻz safiga qoʻshib olish uchun kurash olib borishi kutilmoqda.
Melye 2020-yildan beri Lids jamoasi darvozasini himoya qilib kelmoqda. U ingliz klubi safida jami 214 ta oʻyinda maydonga tushib, 283 ta gol oʻtkazib yuborgan va 72 uchrashuvda darvozasini "quruq" saqlashga muvaffaq boʻlgan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 14 million yevroga baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.