
Chelsi klubi darvozaboni Filip Yorgensen joriy qishki transfer oynasida jamoani tark etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Daniyalik futbolchi o‘yin amaliyotining yetishmasligidan norozilik bildirmoqda – u joriy mavsumda atigi to‘rt bor maydonga tushgan.
Mashhur insayder Fabritsio Romano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli darvozabon yanvarda Chelsi safini tark etishga tayyor. Futbolchining kelajagi London klubining qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
Filip Yorgensen 2024 yil yozida Chelsi tomonidan Ispaniyaning Vilyarreal klubidan 24,5 million yevro evaziga sotib olingan edi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda futbolchining transfer qiymati 18 million yevroga teng.
Ayni damda jamoaning birinchi raqamli darvozaboni maqomini ispan darvozaboni Robert Sanches saqlab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.