date

Everton rekord transferga tayyorlanmoqda


Angliya Premyer ligasining barcha klublari, turnir jadvalidagi o'rnidan qat'i nazar, moliyaviy qudratga ega. Hozirda 13-o'rinda borayotgan "Everton" jamoasi yarim himoyachi Skott Maktomini uchun transfer bozorida kurash olib borishga tayyor.

Transfer News Live manbasining Fichajesga tayanib xabar berishicha, "Everton" Maktomini uchun 2026-yilda 62 million funt sterling (taxminan 70 million yevro) to'lashni rejalashtirgan. Agar bu transfer amalga oshsa, "Everton"ning tarixidagi eng yirik xarid bo'ladi.

28 yoshli Skott Maktomini hozirda "Napoli" sharafini himoya qilmoqda. U avvalroq Angliyada "Manchester Yunayted" safida o'ynagan va ushbu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Everton rekord transferga tayyorlanmoqda