date

Tottenhem kuchli darvozabon izlamoqda


Londonning "Tottenhem" klubi kuchli darvozabon sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daily Mail Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, jamoa darvozabonlar safini jahon darajasidagi oʻyinchi bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. Ushbu maʼlumotlar birinchi marta yozda tarqalgan edi.

Hozirgi vaqtda "Tottenhem" tarkibida uch nafar darvozabon bor. Birinchi raqamli darvozabon sifatida Gilyermo Vikario tan olingan boʻlib, u barcha musobaqalarda 16 oʻyinda maydonga tushgan.

Antonin Kinski bu mavsumda ikki marta oʻynagan boʻlsa, Brendon Ostin hanuzgacha maydonga tushmagan. Angliya chempionatining 11-turidan soʻng "Tottenhem" 18 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida beshinchi oʻrinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenhem kuchli darvozabon izlamoqda