
PSJ va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonovning sobiq rafiqasi Anastasiya Kazachyok yana moliyaviy talab bilan chiqdi. Bu haqda Sport Baza xabar qildi.
Manbaga ko'ra, Anastasiya Safonovdan aliment bo'yicha sud xarajatlari uchun 6 million rubl talab qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, u Moskva shahridagi Nikulinsk sudi uchun 4 million va Krasnodar sudi uchun yana 2 million rubl sarflagan.
Xarajatlar ro'yxatiga hatto uning advokati tomonidan oziq-ovqat va yoqilg'iga sarflangan mablag'lar ham qo'shilgan. Eslatib o'tamiz, joriy yilning yozida Safonov sobiq rafiqasiga aliment bo'yicha to'liq qarzini – 64 million rublni to'lab, masalani yopgan edi.
Shu bilan birga, 26 yoshli Safonov joriy mavsumda Fransiyaning PSJ klubida hali birorta ham o'yinda maydonga tushgani yo'q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.