date

Fernandinyo faoliyatini yakunladi


Braziliyalik futbolchi Fernandinyo professional faoliyatini yakunlashga qaror qilganini eʼlon qildi. Bu haqda Globo nashri xabar berdi.

"Men allaqachon charchadim. Futbolda endi meni hech narsa motivatsiya qilmaydi, men unda o'zimni to'liq namoyon etdim.

Erishishim mumkin bo'lgan barcha narsaga erishdim. Endi oilam bilan vaqt o'tkazish vaqti keldi", - dedi Fernandinyo.

1-yanvar kuni Fernandinyo "Atletiko Paranaense" klubini tark etdi. Taxminan bir yil davomida erkin agent sifatida bo'lgan 40 yoshli futbolchi futbol bilan rasman xayrlashishga qaror qildi.

Fernandinyo faoliyati davomida "Manchester Siti" va Donetskning "Shaxtyor" klublarida o'ynagan. Uning yutuqlar ro'yxatida Ukraina chempionatida 6 ta g'alaba, APLda 5 marta chempionlik, UEFA Kubogi, Amerika Kubogi va boshqa ko'plab sovrinlar mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fernandinyo faoliyatini yakunladi