
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ditmar Hamanning fikricha, Bundestim 2026-yilgi jahon chempionatining asosiy favoritlari qatoriga kirmaydi. "Jamoaning hatto qogʻozda nisbatan kuchsizroq boʻlgan terma jamoalarga qarshi oʻyinlari ham qiyin kechayotgani ko'rinib turibdi.
Shunga qaramay, Germaniya saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi, garchi bu jarayon asabiy oʻtgan boʻlsa-da. Ammo Yevropada bizdan kuchliroq boʻlgan ikki yoki uchta jamoa bor.
Masalan, Angliya, Fransiya va Ispaniya. Germaniya jahon chempionatida gʻoliblikka daʼvogar keng doiradagi jamoalar qatorida boʻladi, ammo asosiy favoritlar orasida emas.
Bu maqom yozga qadar oʻzgaradi, deb oʻylamayman", - dedi Haman Germaniyaning Ran nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, Germaniya terma jamoasi 2018 va 2022-yilgi jahon chempionatlarida pley-off bosqichiga chiqa olmagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.