
Brentford futbol klubi rasmiy sayti orqali jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Fabiu Karvalyu bu mavsumda endi maydonga tusha olmasligini ma'lum qildi. Karvalyu old tizza xochsimon boylamlarining jiddiy shikastlanishiga uchragan.
Tashxis qoʻyilgach, 23 yoshli futbolchi jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik koʻra boshladi. Fabiu Karvalyu 2024 yil yozida Liverpul klubidan Brentford safiga qoʻshilgan edi.
Joriy mavsumda u jami 9 oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Ayni damda Brentford Angliya Premyer-ligasining 12-oʻrnida joylashgan boʻlib, 11 turdan keyin shunday natijani qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.