Gants: Derbidagi gʻalaba muhim signal boʻladi

Gants: Derbidagi gʻalaba muhim signal boʻladi
Kelasi hafta Seriya A doirasida asosiy uchrashuv "Inter" va "Milan" oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Italiya klubi "Milan"ning sobiq futbolchisi Mauritsio Gants boʻlajak oʻyin haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

Unga koʻra, ushbu uchrashuvda qoʻlga kiritilgan gʻalaba chempionlik uchun kurashda muhim signal boʻlishi mumkin. "Men har doim derbi oʻyinlariga alohida eʼtibor bilan qaraganman.

Avval "Milan" va "Inter", "Breshiya" va "Atalanta", "Ankona" va "Askoli" oʻrtasidagi derbilarda ishtirok etganman. Koʻp hollarda o'yin taqdirini hal qilishga muvaffaq boʻlganman.

"Milan"ning derbidagi gʻalabasi chempionlik uchun kurashda muhim signal boʻladi", - deydi Gants pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. "Milan" va "Inter" oʻrtasidagi uchrashuv yakshanba kuni boʻlib oʻtadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar