
2026-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanma olish uchun Italiya terma jamoasi avval oʻz maydonida Shimoliy Irlandiyani magʻlub etishi, soʻngra esa safarda Uels va Bosniya va Gertsegovina oʻrtasidagi oʻyinda gʻolib chiqqan jamoani yengishi kerak boʻladi. Pley-off oʻyinlarining qur’asidan soʻng "Skuadra Azzurra" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo oʻz fikrlarini bildirdi.
"Biz birinchi oʻyinga e’tibor qaratmoqdamiz. Shimoliy Irlandiyani magʻlub etish qoʻlimizdan keladi.
Yaxshi oʻyin koʻrsatishimiz kerak boʻladi, lekin bunga qodirmiz. Uels va Bosniya jamoalarini yaxshi bilamiz.
Kardiffdagi stadionda koʻpchilik jamoalar muammoga duch keladi, ammo hozir birinchi oʻyinga diqqatni jamlashimiz zarur", – dedi Gattuzo RaiSportga bergan intervyusida. Italiya va Shimoliy Irlandiya oʻrtasidagi uchrashuv 2026-yilning 26-mart kuni boʻlib oʻtadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.