date

Barselona Garri Keynni o'z safiga qo'shmoqchi


Bavariya hujumchisi Garri Keyn Barselonaning transfer maqsadlari ro'yxatida qolmoqda. Kataloniyalik klub rahbariyati mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Robert Levandovskining o'rnini bosish haqida o'ylamoqda.

Jurnalist Fernando Poloning ma'lumotlariga ko'ra, Barselonada transfer rejasi hali to'liq tasdiqlanmagan, ammo Keyn nomzodi tobora yuqori baholanmoqda. Chunki Atletiko Madrid futbolchisi Xulian Alvaresni sotib olish ehtimoli, uning yuqori transfer narxi sabab, juda kam.

Manba xabariga ko'ra, Blaugrana jamoasining transfer rejasi yanvardan oldin aniqlashmaydi. Klub rahbariyati Levandovskiy kabi yuqori maosh oluvchi futbolchi bilan xayrlashsa, top-hujumchini jamoaga qo'shish imkoniga ega bo'lishlariga ishonmoqda.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 32 yoshli Garri Keynning taxminiy transfer narxi 75 million yevroni tashkil etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Garri Keynni o'z safiga qo'shmoqchi