date

Adrien Rabio derbi oldidan holati haqida gapirdi


Fransuz yarim himoyachisi Adrien Rabio soʻnggi marta "Milan" safida oktyabr oyining boshida maydonga tushgan edi. U jarohatdan toʻliq tiklandi va "Inter"ga qarshi boʻlib oʻtadigan derbiga hozirlik koʻrmoqda.

Rabio oʻzining sogʻligʻi haqida fikr bildirdi. "Menda hammasi joyida.

Soʻnggi haftalarda sport zalida va undan tashqarida koʻp ishladim. Maydonga tushishni juda sogʻindim.

Jismoniy va ruhiy holatim aʼlo darajada. Hech bir sportchi jarohat olishni yoqtirmaydi.

Bu davrda jamoaga yordam bera olmaganimdan afsusdaman. Tiklanish jarayoni biroz koʻproq vaqt oldi, chunki boldir jarohatlarida ehtiyotkorlik zarur.

Riskka bormaslik yaxshiroq", – dedi Rabio DAZNga. Shuningdek, Rabio yaqinlashib kelayotgan milan derbisi haqida fikrlarini bildirdi.

Fransuz futbolchisi oʻyinning soʻnggi daqiqalarida gʻalaba golini urishni orzu qilishini aytdi. "Inter" va "Milan" oʻrtasidagi uchrashuv yakshanba kuni, 23-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Adrien Rabio derbi oldidan holati haqida gapirdi