Ventura: “Napoli” gʻazab bilan qaytadi

Ventura: “Napoli” gʻazab bilan qaytadi
“Napoli” va Italiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Janpyetro Ventura oʻzining sobiq jamoasi keyingi oʻyinda koʻproq gʻazab bilan va hujumkor oʻynashiga ishonmoqda. U oʻtgan turda “Napoli”ning tanaffus oldidan “Bolonya”ga hech qanday qarshilik koʻrsatmay, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berganini eslatib oʻtdi.

“Men keyingi turda “Napoli” juda gʻazab bilan oʻynashini kutyapman. A Seriyaning oldinda turgan uchta oʻyini – “Atalanta”, “Roma” va “Yuventus”ga qarshi bellashuvlar – jamoaning koʻplab muhim savollarga javob topishini taʼminlaydi”, – deydi Venturaning soʻzlarini Calcionapoli1926.it nashri keltirgan.

Hozirda “Napoli” A Seriya turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinda bormoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar