
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Kazemironing amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Shartnomada uni avtomatik ravishda bir yilga uzaytirish bandi mavjud, ammo "qizil iblislar" rahbariyati bu bandni faollashtirmaslikka qaror qilganini jurnalist Samuel Laxurst xabar bermoqda.
Klub 33 yoshli futbolchiga haftasiga 340 ming yevrodan ortiq maosh toʻlashni davom ettirishga tayyor emas. Kazemiro hozirda Manchester Yunaytedning eng koʻp maosh oluvchi uch futbolchisi qatoriga kiradi.
Tomonlar kelishuvni boshqa shartlar asosida davom ettirish masalasida muzokaralar olib borishi mumkin, ammo turli mish-mishlarga koʻra, braziliyalik futbolchi Angliyada qolishi dargumon. Kazemiro joriy mavsumda oʻnta oʻyinda uchta gol urdi va bir marta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.