Fabrizio Romano: Keynning "Barselona"ga o'tishi haqida

Fabrizio Romano: Keynning "Barselona"ga o'tishi haqida
Mashhur insayder Fabrizio Romano Garri Keynning "Bavariya"dan ketishi haqidagi xabarlarni izohladi. Matbuotda 2026-yilda ingliz futbolchisi o'z vataniga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar uzoq vaqtdan beri tarqalmoqda.

Yaqinda esa 32 yoshli yulduzga da'vogarlar ro'yxatiga "Barselona" ham qo'shildi. Romano bergan ma'lumotga ko'ra, hujumchi hozircha "Bavariya"da o'zini baxtli his qilmoqda va transfer haqidagi mish-mishlarga e'tibor qaratishni istamayapti.

"Barselona" yoki boshqa jamoaga o'tishdan oldin, futbolchi myunxenliklar bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirgan. Garri Keynning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uning Transfermarkt portalidagi taxminiy qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar