date

Barselona himoyachisi Saudiyaga ko'chishi mumkin


Barselonaning markaziy himoyachisi Andreas Kristensen Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. 29 yoshli futbolchi kelgusi yil amaldagi shartnomasi tugagach, Saudiyadagi klubdan yuqori maoshli taklif olish imkoniyatini jiddiy o'ylab ko'rmoqda.

Biroq, Diario Sport nashrining xabar berishicha, daniyalik futbolchi avvalo Barselonadan shartnomani uzaytirish bo'yicha taklifni tinglash niyatida. Andreas Kristensen joriy mavsumda Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoaning 10 o‘yinida ishtirok etdi.

Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining transfer qiymatini 12 million yevro deb baholashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona himoyachisi Saudiyaga ko'chishi mumkin