«Liverpul» o‘z maydonida «Suonsi»ga imkoniyatni boy berdi


Angliya chempionati 22-turidan o‘rin olgan «Liverpul» – «Suonsi» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Enfild»da kechgan uchrashuvda mezbonlar «Suonsi» qarshiligini yengolmadilar.
Gollarning hammasi ikkinchi bo‘limda kiritildi. «Oqqushlar» vakili Fernando Lorente va «qizillar» yarim himoyachisi Roberto Firminolar dublga erishgan bo‘lsalar, «Suonsi»ga g‘alaba keltirgan to‘pni Gilfi Tor Sigurdsson kiritni.
Angliya chempionati, 22-tur
Liverpul – Suonsi 2:3 (0:0, 2:3)
Gollar: 0:1 – 48 Lorente, 0:2 – 52 Lorente, 1:2 – 55 Firmino, 2:2 – 69 Firmino, 2:3 – 74 Sigurdsson.
Liverpul – Minole, Klavan, Lovren, Klayn, Koutino (Starrij, 57), Veynaldum (Matip, 90), Lallana, Jan (Origi, 70), Firmino, Xenderson, Milner.
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Olsson (Ranxel, 79), Noton, Mouson, Kork, Kerroll, Rautlej, Fer (Fulton, 90), Sigurdsson, Lorente (Baston, 85).
Ogohlantirishlar: Klavan (36), Fer (90).
Manba: www.fut.uz































Izohlar 0
…