Turkiya va Ruminiya o'yiniga baho berildi

Turkiya va Ruminiya o'yiniga baho berildi
BeIN Sports jurnalisti Ahmet Polat Turkiya terma jamoasining Ruminiyaga qarshi JCh-2026 saralash pley-off yarim finalidagi imkoniyatlariga baho berdi. Jurnalist oʻz fikrlarini «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan intervyusida bildirdi.

"Ruminiya - JCh-2026 saralashining pley-off bosqichida oson raqib emas. Bu juftlikdagi imkoniyatlar teng, deb aytish mumkin.

Lekin umid qilamanki, Turkiya Ruminiyani magʻlub eta oladi", - dedi Ahmet Polat. Hozircha 48 terma jamoaning 42 tasi JCh-2026 musobaqasida ishtirokini kafolatlagan.

Turkiya terma jamoasi 26 mart kuni Ruminiyaga qarshi oʻz maydonida oʻynaydi. Ushbu bahs gʻolibi Slovakiya – Kosovo juftligining kuchli jamoasiga qarshi Jahon chempionatiga chiqish uchun hal qiluvchi oʻyinda qatnashadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar