
Bavariyaning hujumchisi Garri Keyn Freyburg ustidan 6:2 hisobida erishilgan gʻalabadan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. Myunxenliklar oʻyinning dastlabki 17 daqiqasida ikki gol oʻtkazib yuborishganiga qaramay, tanaffusga qadar hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻlishdi.
Ikkinchi bo‘limda esa to‘rt marta raqib darvozasini nishonga olishib, yirik gʻalabaga erishishdi. "Dastlabki 20 daqiqada biz unchalik yaxshi oʻyin koʻrsata olmadik, biroq xarakterimizni namoyish etdik.
Tanaffusdan keyin tez orada gol urib, oldinga chiqib olganimiz muhim boʻldi. Ikkinchi bo‘limda biz ancha faolroq boʻlib, to‘p bilan ham, to‘psiz ham juda yaxshi oʻyin koʻrsatdik.
Bu "Bavariya"ning haqiqiy yuzini koʻrsatdi. Juda ajoyib gʻalaba!" – dedi Keyn oʻyindan soʻnggi intervyusida.
U Freyburg darvozasiga kiritilgan toʻrtinchi gol muallifi boʻldi. "Bavariya" Bundesliganing 11-turidan soʻng 31 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Jamoa "Bayer"ni sakkiz ochkoga ortda qoldirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar
