Napoli 2025 yilning rekordini o'rnatdi

Napoli Italiya A Seriyasining 12-tur uchrashuvida Atalantani 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Maydon egalari safida David Neres dubl qayd etdi, Noah Lang esa ustunlikni yanada oshirdi.
Ikkinchi bo'lim boshida Bergamo jamoasi Gianluca Scamacca orqali bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi, biroq mehmonlar bundan ortig'iga erisha olishmadi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, Napoli 2025 yilda Yevropaning besh yetakchi ligasi ichida o'z maydonida birorta ham chempionat o'yinida mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi (2025/26 mavsum boshida yuqori ligaga ko'tarilgan klublarni hisobga olmagan holda).
Antonio Konte boshchiligidagi jamoa 12 ta o'yinda g'alaba qozonib, yana 4 tasida durang o'ynagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing