Rossiya terma jamoasi Madagaskar bilan o‘ynashi mumkin

Rossiya terma jamoasi 2026 yilda Madagaskar milliy terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazishi mumkin. Madagaskar Futbol Federatsiyasi vakilining Sport24 nashriga bergan maʼlumotiga ko‘ra, bunday o‘yin kelgusi yil amalga oshishi mumkin, ammo bu Rossiya tomonining taklifiga bog‘liq.
"Mart oyida Madagaskar terma jamoasi Afrika Kubogi saralash o‘yinlarida ishtirok etadi, iyun oyida esa jamoa o‘yinlarga tayyor bo‘ladi", — deya taʼkidladi federatsiya vakili. Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi 2022 yildan beri rasmiy o‘yinlarda qatnashmayapti.
2025 yilda Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa 10 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, ulardan birida Chili terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Madagaskar terma jamoasi Afrika Futbol Konfederatsiyasiga (CAF) aʼzo bo‘lib, FIFA reytingida 105-o‘rinda joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing