
Londonning "Arsenal" jamoasi futbolchilari Noni Madueke va Gabriel Martinelli 23-noyabr kuni "Tottenhem"ga qarshi oʻtkaziladigan derbi oʻyinida maydonga tushishi mumkin. Avvalroq jarohat olgan bu ikki futbolchi "kanonirlar"ning uchrashuv uchun tuzilgan tarkibiga kiritilgan.
Madueke sentyabr oyidan beri jarohat sabab oʻyinlarda qatnashmagan edi. U APLning beshinchi turida "Manchester Siti"ga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda (1:1) shikastlangan.
Gabriel Martinelli esa oktyabr oxirida "Kristal Pelas"ga qarshi oʻyinda (1:0) jarohat olgan edi. Shu bilan birga, "kanonirlar" safida Viktor Dyokeresh, Martin Edegor, Kay Haverts, Gabriel Jezuz va Gabriel dos Santos jarohatlaridan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
"Arsenal" va "Tottenhem" oʻrtasidagi uchrashuvning matnli onlayn translyatsiyasi bizning portalda oʻtkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.