Florentino Peres: Negreyra masalasini kim unutishi mumkin?

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres "Negreyra ishi" deb nomlangan ish bo'yicha navbatdagi fikrlarini bildirdi. Maʼlumki, oʻz vaqtida "Barselona" texnik hakamlar qoʻmitasi vitse-prezidentiga pul oʻtkazgan.
Kataloniya klubi bu mablagʻlar maydondagi qarorlar uchun emas, balki hakamlik bo'yicha hisobotlar uchun to'langanini taʼkidlagan edi. "Toʻrt nafar "Barselona" prezidenti 17 yil davomida texnik hakamlar qoʻmitasi vitse-prezidentiga koʻp millionlab mablagʻlarni toʻlab kelgan.
Hozirgi qoʻmita rahbari Frans Soto bizdan bu masalani ortda qoldirishni va Negreyra ishini unutishni soʻradi. Kim buni unutishi mumkin?
Haqiqat shuki, Negreyra ishi bilan bogʻliq boʻlgan koʻplab hakamlar hali ham faoliyatini davom ettirmoqda. Bu holat ularning neytral ishlashiga toʻsqinlik qilmoqda," - dedi Peres Marca nashriga bergan intervyusida.
"Real" yakshanba kuni La Ligada "Elche"ga qarshi safar oʻyinida maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing