date

Allegri: Chiroyli gʻalaba, zavqlandim


Italiya chempionatining oʻn ikkinchi turi markaziy uchrashuvida "Milan" jamoasi "Inter"ni magʻlubiyatga uchratib, bu mavsumda raqibiga toʻrtinchi magʻlubiyatni ravo koʻrdi. "Milan" bosh murabbiyi Massimilyano Allegri oʻyindan keyin natija va shogirdlarining oʻyinidan qoniqqanini yashirmadi.

"Chiroyli gʻalaba, oʻyin haqiqatan ham zavq bagʻishladi. Oʻyinning boshida biroz sustkashlik boʻldi, ammo keyin oʻz oʻyinimizni topdik.

Darvozaga 4-5 marta xavfli hujumlar uyushtirdik. Oxirida esa standart vaziyatlarda va himoyada ajoyib oʻynadik", dedi Allegri pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Ushbu gʻalaba "Milan"ga Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarilish imkonini berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Allegri: Chiroyli gʻalaba, zavqlandim